Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

OBIKANDALIK OPA - SINGILLARNI 16 YILLIK MUAMMOSI HAL ETILDI


Kitob tumani Obikanda qishlog'ida istiqomat qiluvchi opa -singillar , 2006 yilda tug‘ilgan Dilnoza Nurmahmatova, 2005 yilda tug'ilgan Gulzira Nurmahmatova, 2009 yilda tug'ilgan Nargiza Nurmahmatovalar maktab o'quvchisi. Onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati, nikoh guvohnomasi bo‘lmaganligi bois qizlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini o‘z vaqtida ololmagan. Turmush tashvishlari, e'tiborsizlik bilan bo‘lib ota-onaning farzandlariga hujjat olishi zarurliigi ham eslaridan chiqib ketgan.


— Kitob tuman FHDY bo‘limiga qizlariim uchun hujjat olish masalasida murojaat qildim, — deydi qizlarning onasi Baxtiniso Jo'rayeva. — Qizlarimga tug‘ilganlik tug‘risidagi guvohnoma olish borasida kerakli huquqiy maslahat berishdi. Keyin tug‘ruqxona bosh shifokori nomiga ariza yozib berdim. Viloyat arxividan shu vaqtgacha tug‘ilganlik dalolatnoma qayd etilmaganligi haqidagi ma’lumotnomalarni elektron tarzda hech qayerga chiqmasdan olishda ko‘maklashishdi. FHDY bo‘limiga otalikni belgilash haqidagi arizamiz asosida FHDY bo‘limi xodimlarining amaliy yordami bilan 16 yil deganda, kechikib bo‘lsada farzandlarimga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini oldim.Raxmat sizlarga, juda xursandmiz.