Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

BIZNING MAHALLAMIZDA JINOYAT BO'lMASLIGI KERAK....


2022-yilning 11-avgust kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari R.Raxmonov, J.Ikramov  va Qarshi tuman tuman adliya bo'limi hamda tuman Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda tumandagi "Qizil hudud"ga mansub "Kojor" MFYda  jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2833-son Qarori mazmun mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi. 

Shuningdek, xorijda xarbiy xizmatga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi alohida ta'kidlab o'tildi. 

Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy islohotlar va referendum o'tkazish tartibi haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.