Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"DO'STLIK" MFY DA AHOLI MUROJAATLARI O'RGANILMOQDA


Qarshi tuman adliya bo'limi,tuman FHDY bo'limi,tuman Davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat markazi xodimlari ishtirokida tumanning "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil qilindi.

Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi ishtirok etgan sayyor qabulda asosan mahalla aholisining  murojaatlari o'rganildi.

Fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar,  aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamiga xizmat ko'rsatish turlari va tartibi, mazkur sohada berilayotgan imtiyozlar mavzusida  targ'ibot tadbirlari  o'tkazilib, 25 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilib, 6 ta murojaatlar bo'lim ish yurituviga olindi.