Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

SAYYOR QABULDA OILAVIY KORXONA RO'YXATDAN O'TKAZILDI


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  Qamashi tumani adliya bo'limi,tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi, va Qamashi tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari  hamkorligida tuman markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan "Oynako'l" MFY da sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabulda  "OYQIZ ESHMANOVA" oilaviy korxonasi ro'yxatdan o'tkazilib, guvohnomasi shu yerning o'zida topshirildi.

Tadbir davomida fuqarolarning mavjud muammolari yuzasidan tegishli huquqiy ko'rsatmalar berildi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan huquqiy sohaga oid ko'plab savollar berilib, ularga bo'lim xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Xususan tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan 11 nafar fuqarolarning og'zaki murojaatlari eshitilib, batafsil ko'rib chiqish maqsadida tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek 12 ta Elektron imzo kalitlari va  hamda 40 dan ortiq bukletlar tarqatildi.