Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering.


Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e'lon qilingan.

Bunda Qashqadaryo adliya boshqarmasi tizimidagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni telegramdagi @Qashqadaryo_adliya_ANTIKORBOT botiga, +998 75 221 28 30 ishonch telefoniga yoki boshqarma rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

Ma'lumot tariqasida, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimiga quyidagilar kiradi:

– Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi;
– tuman (shahar) adliya bo‘limlari;
– tuman (shahar) yuridik xizmat ko'rsatish markazlari;
– tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari;
– tuman (shahar) FHDY bo'limlari;
– Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi davlat notarial arxivi va FHDY arxivi;
– Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi.

Yuborilgan xabarlar to'g'ridan to'g'ri viloyat adliya boshqarmasi boshlig'iga kelib tushadi va murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.