Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya aralashuvi bilan qabriston nazoratchisi yana ishiga tiklandi


Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sariqulov tuman adliya bo‘limi ostonasiga nohaqlikka yechim izlab boradi.
Fuqaro 2021 yil 27 dekabr kuni tuman Obodonlashtirish boshqarmasining buyrug‘i bilan pensiya yoshiga yetganligi asos qilinib, “Langar ota” qabristoni nazoratchiligidan kasaba uyushmasining roziligi olinmasdan bo‘shatilganligini hamda uning ishdan bo‘shatilganligi to‘g‘risida buyruq nusxasi unga berilmaganligi bo‘yicha tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Nishon tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro D.Sariqulovni murojaati ijobiy hal etildi. Qayta ishga tiklangan fuqaroga, bekor yurgan kunlari uchun 3 million 419 so‘m va 2 million so‘m ma’naviy zarar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan undirilishi belgilandi.

O‘lmas Barotov,O‘zA.