Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xorijga chiqish biometrik pasportini YIDXP (https://my.gov.uz/oz) va DXM orqali berish to'liq joriy qilinadi


“O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko'rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–282-son, 16.06.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, O'zbekistonning chet davlatlardagi konsullik muassasasida konsullik ro'yxatida turuvchi O'zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimi quyidagi axborot tizimlariga integratsiya qilinadi:

▫️“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga – nikoh va oila a'zolari, vafot etganlik, yolg'iz ona yoki yolg'iz ota haqidagi ma'lumotlarni olish uchun;

▫️“Notarius” axborot tizimiga – vasiylar va ota-onalarning roziligini, hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyatini tekshirish uchun;

▫️“Tezkor ma'lumotlar” axborot tizimiga – sudlanganlik, ma'muriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan va shartli hukm qo'llanilganlik, jinoyat ishi qo'zg'atilganlik holatlarini tekshirish uchun;

▫️“Manzil” axborot tizimiga – ota-onadan birining O'zbekiston hududidagi doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganligini tekshirish uchun;

▫️“Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga – oxirgi 5 yilda ishlagan joyi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun;

▫️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga – ushbu axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun;

▫️“TIEK” axborot tizimiga – I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun.

2022-yil 1-avgustgacha davlat xizmati YIDXP (https://my.gov.uz/oz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatililishi amaliyotga to'liq joriy qilinadi.

YIDXPda davlat xizmatlari ko'rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko'rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatilganligi uchun to'langan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron to'lanishi imkoniyati yaratiladi.