Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

HUQUQIY EKSPYERTIZA VA YURIDIK XIZMATLARNING FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh BO‘LIMI TOMONIDAN 2022-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar


1.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil
22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ijrosini bo‘yicha jami 94 nafar yuridik xizmat xodimlari belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2022-yil I-choragi davomida 10 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, ulardan 9 nafari attestatsiyadan o‘tgan deb topilgan bo‘lsa, 1 nafari attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan.

2.  Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2920, 28.08.2017 yil) ijrosi bo‘yicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2022-yil I-choragi davomida 13 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish bo‘yicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilgan, shundan 13 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berilgan.

3.  Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2864, 28.02.2017 yil) ijrosi bo‘yicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.

Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari bo‘yicha kelishish komissiyasi tomonidan 21 nafar yuridik xizmat xodimlari bo‘yicha lavozimga tayinlash bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra 16 nafar yuridik xizmat xodimi bo‘yicha rozilik berilgan bo‘lsa, 5 nafar nomzodlar suhbatdan o‘tmagan deb topilgan.

Bundan tashqari, 7 nafar yuridik xizmat xodimlari bo‘yicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.

4.  Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida:

Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil I-choragi davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 47 ta (boshqarma tomonidan 7 ta, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 40 ta) qaror loyihalri huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan bo‘lib, ushbu qaror loyihalari ishchi tartibda amaliy yordam berilgan holda rozilik imzolari qo‘yilgan.

5.  Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlash sohasida:

2022-yil I-choragi davomida 9 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu ariza va shikoyatlardan 5 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 2 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

6.  Bo‘lim tomonidan 2022-yil I-choragi davomida ommaviy axborot vositalari orqali 25 marotaba (shundan 3 televideniya, 10 gazeta, 4 radio, 8 ta veb sayt orqali) hamda 39 marotaba og‘zaki huquqiy (jami 64 ta) targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.