Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

MUBORAK TUMAN ADLIYА: 2022-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.


Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 58 ta murojaatning 53 tasi hal etilib, shundan 32 tasi qanoatlantirilgan, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,
5 ta ijroda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
1 tasi (1 tasi tuman Xalq deputatlari kengashi qaror loyihasi)ga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilib,             
4 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlar hamda ularning bandlari bekor qilindi.

 

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida jami
1 ta o‘rganishlar va 23 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 124 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 165 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 226 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 51 ta taqdimnoma, 151 ta ogohnoma va 9 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 15 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 29 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 4 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilingan, 115.084.000 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 9 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
15 ta 76 819 800 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, barchasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-chorak jami 460 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 393 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 63 tasi og‘zaki, 4 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot,
63 tasi manzilli targ‘ibot va 13 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

 

 

Muborak tuman adliya bo‘limi boshlig‘i 

H.Achilov