Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA: 2022-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.


Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 185 ta murojaatning 160 tasi hal etilib, shundan 146 tasi yoki 78,9 foizi qanoatlantirilgan, 14 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 23 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 11 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 243 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 61 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va
norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 4 tasi
(Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil 1-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 1 ta qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 1 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida barcha 1 ta mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bandi bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Shuningdek, tumandagi 8 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ustavlaridagi tegishli bandlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan holda davlat xizmatlaridan qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida jami 1 ta o‘rganish va 24 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 103 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 1845 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 430 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 56 ta taqdimnoma, 300 ta ogohnoma va 17 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 57 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 21 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 1 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda 8 ta tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hujjatlari bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 45 376 000 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 17 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
57 ta 325 686 800 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan 57 ta 325 686 800 sud buyrug‘i sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-choragi davomida jami 504 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 420 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 68 tasi og‘zaki, 16 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.