Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nishon tuman adliya: 2022- yil 1-chorak sarhisobi


Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 175 ta murojaatlarning 123 tasi hal etilib, shundan 96 tasi yoki 78 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 78 foiz) qanoatlantirilgan, 27 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 52 ta murojaat qoldiqda qolgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha:

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 2 tasiga ham rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritilib, 3 ta qaror va farmoyishlar bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 22 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 109 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2103 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 49 ta taqdimnoma, 10 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 189 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 124 058 700 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 10 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 23 ta 264 411 000 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 23 ta da’vo arizalar qanatlantirilib, 264 411 000 so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 747 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 518 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 163 tasi og‘zaki, 66 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 175 ta murojaatlarning 123 tasi hal etilib, shundan 96 tasi yoki 78 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 78 foiz) qanoatlantirilgan, 27 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 52 ta murojaat qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022 yil 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 36 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 200 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 55 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha:

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022 yil 1-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 3 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-choragi davomida jami 1 ta o‘rganishlar va 22 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 109 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 2103 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 271 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 49 ta taqdimnoma, 189 ta ogohnoma va 10 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 23 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan 24 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan, 124 058 700 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 10 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 23 ta 264 411 000 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan va 23 ta 264 411 000 so‘m pul mablag‘larini undirishlishi belgilangan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 747 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 518 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 163 tasi og‘zaki, 66 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.