Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

QARSHI TUMAN ADLIYA: 2022-YIL 1-CHORAK SARHISOBI


Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 150 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 151 tasi hal etilib, shundan 131 tasi yoki 87,3 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 86,8 foiz) qanoatlantirilgan, 20 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda murojaatlar qolmagan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritilib, 2 ta qaror bekor qilingan.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 24 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 206 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 4 782 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 87 ta taqdimnoma, 35 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 202 ta ogohnoma kiritildi, киритилган тақдимномалар натижасида 151 та қарор ва бошқа турдаги ҳужжатлар бекор қилинди.

Natijada 19 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (1 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 545 mln. 730,9 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 35 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 70 ta
304,9 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 739 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 552 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 101 tasi og‘zaki, 86 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 150 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 151 tasi hal etilib, shundan 131 tasi yoki 87,3 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 86,8 foiz) qanoatlantirilgan, 20 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda murojaatlar qolmagan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yilning 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 10 ta qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 253 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 56 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yilning 1-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 2 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida jami 1 ta o‘rganishlar va 24 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 206 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 4 782 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 394 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 87 ta taqdimnoma, 202 ta ogohnoma va 35 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 70 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 19 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (1 nafari lavozimidan ozod qilingan), 2 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan, 545 mln.
730,9 ming so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 35 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 70 ta 304,9 mln. so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan va barchasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 739 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 552 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 101 tasi og‘zaki, 86 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 101 tasi manzilli targ‘ibot va 40 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.