Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

G’uzor tuman adliya bo‘limining 2022 yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ish faoliyati yuzasidan


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda G’uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 258 ta murojaatlarning 184 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 71,3 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 170 tasi yoki 92,3 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 14 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 73 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (16 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

O’tkazilgan sayyor qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 11 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 186 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 28 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 24 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 murojaat keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
4 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 1 ta o‘rganish va 22 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 95 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2059 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 74 ta taqdimnoma, 241 ta ogohnoma 27 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.

Natijada

- 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 417 361 500 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 57 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 27 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 99 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 1 114 205 600 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yil 1-chorak davomida jami 410 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 284 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 265 tasi og‘zaki, 19 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 107 tasi manzilli targ‘ibot va 18 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

G’uzor tuman adliya
bo‘limiboshlig‘i Имзо M.Q. Salimov
04.04.2022 yil