Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar


Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 101 (93) ta murojaatning 99 (93) tasi hal etilib, shundan 60 (93) tasi yoki 60(93) foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 taga oshgan.

Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha 18 (11)ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib, 72 mln 900 ming so‘m mablag‘ni undirilishi masalasi sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 13 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 467 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 76 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning barchasi, ya’ni 101 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 60 tasi qanoatlantirilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 (2) ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 5(3) ta taqdimnoma kiritildi va               5(19) ta qarorlarning tegishli bandlari qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

 

Bo‘limi tomonidan joriy yilning 1 choragida jami 38(40) ta tashkilotlarda 1(4) ta o‘rganishlar va 28(19) ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida 1769(754) ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1 choragida jami 65(28) ta ta’sir choralari ko‘llanilgan, shundan, 173( 67) ta ogoxnoma, 15(6) ta ma’muriy, 18(11) ta da’vo ariza, 50(22) ta taqdimnoma kiritilgan. Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 22(19) nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 3 oyida jami 223 mln. 300 ming  (34 mln 346 ming )so‘mlik ish haqi va ustama mablag‘lari kiritilgan taqdimnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlangan. Masalan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi aholi bandligiga ko‘maklashuvchi markazda o‘tkazilgan monitoringda, 25 nafar kasbga o‘qitilgan fuqaroga 14 mln. 011 ming 875 so‘m, 128 nafar fuqaroga 87 926 366 so‘m ishsizlik nafaqasi, 34 nafariga jamoat ishiga jalb qilinganligi bo‘yicha 42 914 142 so‘m to‘lab berilmaganligi aniqlanib, markazga kiritilgan taqdimnomaga asosan ushbu qarzdorliklar to‘lab berilishi ta’minlandi.  

Yoki, Qamashi tuman oila va mahallani qo‘llb-quvvatlash bo‘limida o‘tkazilgan monitoringda, bo‘lim tomonidan MKning 67, 109,151-moddalari talablariga rioya etilmasdan, 58 nafar MFY xodimilariga 23 mln 801 ming 104 so‘mlik moddiy madad pullari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, adliya aralashuvi bilan ushbu mablag‘lar to‘lib berilishi ta’minlandi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 15(6) nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 18(11) ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, 72 mln 900 ming so‘m mablag‘ undirilishi masalasi sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Masalan, Qamashi tuman "Elobod" MFYda yashovchi fuqaro S.Xudayarov va boshqalarning Qamashi tuman oila va mahallani qo‘llb-quvvatlash bo‘limi tomonidan 30 foizlik o‘stama mablag‘lari berilmasdan kelinayotganligi haqidagi murojaatlari o‘rganilib, FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizalar kiritilishi ta’minlandi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan 739(311)-ta targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan 539(133)ta ommaviy axborot vositalarida, 146(133og‘zaki) va 54(45) ta ko‘rgazmali arg‘ibot tadbirlarini tashkil etadi.

Мисол учун, Jumladan, joriy yilning yanvar oyida bo‘lim boshlig‘i Sh.Kaxxarovning “Yurt tarovati” gazetasining 2022-yil 12-fevraldagi 03(81)-sonida “Uy-joyga subsidiya olish uchun qanday hujjatlar kerak?” mavzusidagi maqolasi chop etildi. Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i Sh.Kaxxarovning “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning erkaklar bilan tengligini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari va ularning ahamiyati” mavzusidagi maqola viloyatning “Vesti plyus Voqif” gazetasining 2022-yil 22-fevral kuni 3-sonida chop etildi. Bo‘lim boshlig‘i Sh.Kaxxarovning “Yurt tarovati” gazetasining 2022-yil 12-mart 05(83)-sonida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi qanday?» savol javob tarzidagi maqolasi chop etildi.

Bundan tashqari, bo‘lim bosh maslahatchisi K.Arolovning “Voqif” gazetasining 2022-yil 26-yanvardagi 02(99)-sonida “Ishsizlik nafaqasini to‘lash muddatlari, to‘lashni bekor qilish, to‘xtatib qo‘yish tartiblari haqida”gi nomli maqolasi chop etildi. Shuningdek, bo‘lim bosh maslahatchisi K.Arolovning “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga va “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga qanday tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi?” mavzusidagi maqolasi viloyatning viloyatning “Vesti plyus Voqif” gazetasining 2022-yil
22-fevral kuni 3-sonida chop etildi. Bo‘lim bosh maslahatchisi K.Arolovning
28-fevral 3-4(2638-2639)-sonida “Sud qarorlarini bajarmaganlar endi jarima to‘laydilar” nomli maqolasi chop etildi.

Yoki, bo‘lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodovning “Voqif” gazetasining 2022-yil 26-yanvardagi 02(99)-sonida “Tomorqa yer egalarini subsidiyalar ajratish tartibi haqida” nomli maqolasi chop etildi. Bo‘lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodovning “Rossiya federatsiyasiga bormoqchi bo’lganlar uchun eslatma” mavzusidagi maqola viloyatning “Vesti plyus Voqif” gazetasining 2022-yil 22-fevral kuni 3-sonida chop etildi. Bo‘lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodovning “Yurt tarovati” gazetasining 2022-yil 12-mart 05(83)-sonida “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022-yildagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–92-sonli qarori haqidagi maqolasi chop etildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tkan davrida tuman adliya bo‘limi tomonidan jami 3 marotaba televediniya orqali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Masalan, Qamashi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Kaxxarov tomonidan 2022-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli Qarorining mazmun mohiyati “Qarshi” televideniyasi orqali tushuntirildi.

Shuningdek, Bo‘lim bosh maslahatchisi K.Arolov tomonidan 2022-yil
19-mart kuni Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021-yildagi 319-sonli qaroriga asosan maktabgcha ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda kimlar imtiyozga ega ekanligi haqidagi intervyusi “Qarshi” televideniyasi orqali efirga uzatildi.

Bundan tashqari, bo‘lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodov tomonidan
2022-yil 19-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2022-yildagi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish choqa-tadbirlari to’g’risida”gi 87-sonli Farmonining mazmun-mohiyati “Qarshi” televideniyasi orqali tushuntirildi.

Bundan tashqari, yilning o‘tkan davrida tuman adliya bo‘limi tomonidan jami 6 marotaba radio orqali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

          Jumladan, bo‘limi boshlig‘i Sh.Kaxxarovning 2022-yil 7-fevral kuni viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi orqali Aholining tibbiy-huquqiy savodxonligini oshirish va sog’lig’ini tiklash bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan “Fuqarolarga huquqiy van amaliy yordam ko’rsatish yuzasidan 2022-yil I-yarim yilligi davomida AKSIYA”si o’tkazilayotganligi haqidagi nutqi efirga uzatildi. Bo‘lim boshlig‘i Sh.Kaxxarovning 2022-yil 9-mart kuni viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi orqali “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyati” haqidagi nutqi efirga uzatildi.

Shuningdek, Bo‘lim bosh maslahatchisi K.Arolovning 2022-yil
7-fevral kuni viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022-yildagi “Mahallalardagi yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-92-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqidagi nutqi efirga uzatildi. Qamashi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi K.Arolovning 2022-yil
9-mart kuni viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi orqali “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusidagi nutqi efirga uzatildi.

Bundan tashqari, bo‘lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodovning
2022-yil 7-fevral kuni viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi
“2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi 60-sonli Farmonining mazmun-mohiyati haqidagi nutqi efirga uzatildi. Shuningdek, bo‘lim yetakchi maslahatchisi M.Boymurodovning 2022-yil 9-mart kuni viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” radiosi orqali Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli bo‘lgan organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqidagi nutqi efirga uzatildi.

Qabul qilinayotgan qonunlar va boshka normativ-huquqiy hujjatlarni har bir tumandagi ijrochilarga yetib borishini ta’minlash bo‘yicha tuman adliya bo‘limining elektron pochtalariga yuborilgan 258(300) qonun hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ijrochilarga reyestr va Yexat orkali yuborilishi ta’minlangan.

 

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha

        

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 16 (20) ta takliflar berildi.

 

Qamashi tuman

adliya bo‘limi