Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya tadbirkorga do‘st


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning mart-aprel oylarida tadbirkorlarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha “Adliya tadbirkorga do‘st” huquqiy aksiyasi e’lon qilindi.

Aksiya doirasida Kasbi tuman adliya bo‘limiga tumandagi

27 nafar fermer xo‘jaliklarining “Asqar Trans Gold” MChJ g‘allachilik klasteri o‘rtasida “G’allachilik klasteri bilan fermer xo‘jaligi o‘rtasida boshoqli don harid qilish bo‘yicha” fyuchers shartnomasiga asosan yetkazib berilgan g‘alla maxsuloti uchun klasterdan pullarini ololmayotganliklari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Adliya bo‘limi tomonidan mazkur murojaatlar o‘rganib chiqilib, tumandagi 27 nafar fermer xo‘jaliklarining jami 1 521 886 000 so‘mlik pullarini undirib berish yuzasidan Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizalari kiritildi.

Sud tomonidan 12 ta da’vo arizalari ko‘rib chiqilib, fermer xo‘jaliklari foydasiga javobgar “Asqar Trans Gold” MChJdan jami 458 584 456 so‘m undirish yuzasidan hal qiluv qarorlar qabul qilindi.