Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar


Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, sifatli davlat xizmati ko‘rsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 171 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlandi.

Bo‘limga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 98 ta murojaati o‘rganilib, ularning ijrosi ta’minlandi. Shundan 12 ta murojaat qanoatlantirilgan, 3 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 7 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 14 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 3 ta xizmat tekshiruvi o‘z tasdig‘ini topgan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1-choragi davomida notarial idoralarda 7 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 1 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Huquqiy targ‘ibot sohasida 2022-yilning 1-choragi davomida bo‘lim tomonidan 13 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 1 tadan radio va televideniya, 6 ta gazeta, 5 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 6 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirilib, ushbu targ‘ibot tadbirlarida 312 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida bo‘layotgan islohotlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 1-choragi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 1-aprel kuniga qadar jami 380 ta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan bo‘lib, shundan joriy yilning 1-aprel kuni holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 242 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 113 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2022-yilning 1-choragi davrida berilgan litsenziyalar
soni 16 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 5 tani tashkil qiladi.

Joriy yilning 1-aprel holatida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni
123 tani, shundan advokatlik byurolari 103 tani, advokatlik firmalari 16 tani hamda advokatlar hay’atlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining joriy yilning I - II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasiga asosan jami 4 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar o‘tkazilib, jami aniqlangan kamchiliklar soni 8 tani hamda qonunbuzilishlar soni 8 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 4 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-aprel kuniga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 21 nafarini
Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘qitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga ko‘maklashildi.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2022-yilning 1-choragi davrida jami 3 ta yig‘ilish o‘tkazilib, unda jami 36 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan 36 ta masaladan 2 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 31 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik maslasini ko‘rib chiqish hamda 3 tasi advokat qasamyodini qabul qilish bo‘yicha muhokama qilingan.

Malaka komissiyasining 2022-yilning 1-choragi davrida o‘tkazilgan yig‘ilish muhokamalar natijasida jami 10 ta advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, shundan 10 tasi ogohlantirish bilan bog‘liq intizomiy jazo choralariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, joriy yilning 1-aprel holatida talabgorlarga berilgan 16 ta litsenziyalar uchun jami 2.160.000 so‘m davlat boji, 16 ta arizani ko‘rib chiqish uchun jami 1.080.000 so‘m miqdorida to‘lov undirilgan.

         Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat

                                                  tomonidan tartibga solish bo‘limi.