Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 2022-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning I choragi davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami 563 tani tashkil etib, shundan 364 tasi yuridik shaxs maqomiga ega, 199 tasi esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 187 ta bo‘lib, shundan 185 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.
Bo‘limga ushbu davr mobaynida 1 008 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 59 tasi nazoratga olingan, 949 tasi esa ma’lumot sifatida qabul qilingan. 6 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 41 tasi o‘z vaqtida ijro etilgan, 22 tasi esa hisobot davri yakunida qoldiqda qolgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 3 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan, 17 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, 1 ta doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hisobot davri davomida bo‘limga 13 ta murojaat (7 ta ariza,
6 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 3 tasi qanoatlantirilgan, 9 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan.
Bo‘lim tomonidan jami 183 ta taqdimnoma, 94 ta ogohnoma, 26 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 24 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka, 192 ta shaxs O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Hisobot davri davomida bo‘lim tomonidan 37 ta monitoring o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan monitoringlar natijalariga ko‘ra, jami 207 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish va kelgusida takroran sodir etmaslik maqsadida 183 ta taqdimnoma kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan ushbu davr mobaynida jami 39 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 3 marotaba televideniyeda, 6 marotaba radioda, 6 marotaba gazetada, 11 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 5 marotaba ma’ruza, 5 marotaba davra suhbati hamda 3 marotaba seminarlar tashkil etilgan.

Nodavlat notijorat
tashkilotlari bo‘limi