Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2022 yil 1 apreliga qadar amalga oshirilgan ishlari


Viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari jrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan bo‘limga joriy yilning o‘tgan davri davomida 71 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 34ta murojaatlar ko‘rib chiqilib hal etildi,
38 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarga yuborildi, ko‘rib chiqilib hal etilgan murojaatlarning
17 tasi qanoatlantirildi.

Kelib tushgan 9 ta murojaatlarni o‘rganishda mutaxassislar jalb etilgan bo‘lsa, 1 ta murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Bo‘lim tomonidan shu davr mobaynida 2 ta sohada o‘rganish hamda 3 ta qonun hujjatining ijrosi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.  

O’rganish va monitoring natijalari bo‘yicha jami 392 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 5 ta ta’lim muassasalarida, 5 ta “O’zbekenergo” AJ tizimi idoralariga, 12 ta qurilish va arxitektura idoralarida, 55 ta kadastr idoralariga, 153 ta sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari hamda 162 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O’rganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 23 ta taqdimnomalar, 8 ta ma’muriy takliflar, 58 ta ogohnomalar kiritilgan bo‘lsa, sudlarga 12 ta 1 mlrd. 368 mln 950 so‘mlik da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 23 nafar shaxslar intizomiy, 1 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 101 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan va 33 tasining ijrosi to‘xtatilgan.

Sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining 12 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Bo‘lim tomonidan tashkilotlar faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 20 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 4 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularda qariyib 470 nafar respondentlar ishtirok etdi.

Bo‘lim tomonidan jami 105 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 36 marta OAV orqali (3 ta televideniya,
2 ta radio, 16 ta gazeta va 15 ta veb-sayt orqali), 68 marotaba og‘zaki hamda
1 marotaba ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni

qo‘llash amaliyotini o‘rganish

bo‘limi