Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ayol yuksalsa-yuksalar zamon


Bugun Qashqadaryo viloyat adliya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmalari “Yurt tarovati” gazetasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi mas’ul xodimlari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Ayol yuksalsa-yuksalar zamon” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda “Aralavul”, “Geolog”, “Gungon” MFY raislari va ushbu mahalalarda yashovchi  xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Mas’ullar tomonidan hotin-qizlar huquqlariga oid qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati, shuningdek ularga yaratib berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirildi.
Xotin-qizlar tomonidan mehnat qonunchiligi, nafaqa tayinlash tartiblari, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar, yer olish tartiblari, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftari”ga kiritish tartiblari bo‘yicha berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Tadbir davomida Adliya boshqarmasi tomonidan xotin-qizlar huquqlariga oid 50ga yaqin targ‘ibot materiallari tarqatildi.