Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sayyor qabullarda xotin-qizlar muammolari o‘rganildi


Joriy yilning 18 fevral kuni Dehqonobod tumani adliya bo‘limi tomonidan “Bo‘ston” va “Nodira” MFYlarda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etilib, unda tuman hokim yordamchilari, MFY raislar, xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasining 2019 yil
2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarori hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xotin-qizlar huquqlari va imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida xotin-qizlar va fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 15 murojaat bo‘lim ish yurituviga olindi.