Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

7 yilda tiklangan huquq yoki 865 mln so‘mlik kompensatsiya


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan domiy ravishda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.

Jumladan, “Qarshi transport ekspeditorlik korxonasi” MChJ rahbarining jamiyatga tegishli bo‘lgan bino va inoshotalari
Qarshi shahar hokimligining 2015 yil 19 iyuldagi X-444/06-son qaroriga asosan buzilgan bo‘lsada, kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlari talabiga ko‘ra, biror bir uy-joy yoki bino-inshoot davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, buzilgudek bo‘lsa, buning evaziga davlat tomonidan tegishli kompensatsiya to‘lanadi hamda o‘sha binoni qurishga boshqa joydan mutanosib yer maydoni ajratiladi.

Murojaat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tahlil qilinib, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ekti manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Fuqarolik kodeksining 985-moddasida g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi belgilangan.

Ana shu asosga tayangan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi o‘zining 2022 yil 21 yanvardagi hal qiluv qaroriga asosan javobgar Qarshi shahar hokimligi hisobidan “Qarshi transport ekspeditorlik korxonasi” MChJ foydasiga 865 995 500 so‘m kompensatsiya undirish belgilandi.

Shu tariqa tadbirkorning buzilgan mulk huquqi viloyat adliya boshqarmasi va sud orqali tiklandi.

A.Isoqov

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi

boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari