Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya tadbirkorga do‘st


Shahrisabz tuman adliya bo‘limiga “Dilshoda” MChJ korxonasi rahbari N.M ariza bilan murojaat qilib, “QASHQADARYO YO’L QURILISH–TA’MIRLASH” unitar korxonasi tomonidan ularga shartnoma asosida bajarilgan xizmatlari uchun to‘lovlar ikki yildan bo‘yon to‘lab berilmayotganligini bildirib, ushbu to‘lovlarni undirib berishda amaliy yordam so‘radi.

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkorning manfaatlarini ko‘zlab, Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudga bajarilgan avtotransport xizmati uchun to‘lanmay qolgan 1 536 015 626 so‘m asosiy qarz hamda 338 795 479 so‘m penya, jami 1 874 811 105 so‘m undirish haqida da’vo ariza kiritildi.

Qarshi tumanlararo Iqtisod sudining qaroriga asosan tadbirkorga 1 536 015 626 so‘m asosiy qarz hamda 84 600 000 so‘m penya undirib berildi.