Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya bo‘limi tomonidan 3 nafar fuqaroning divident pullari to‘lab berillishi ta'minlandi


Qarshi tuman adliya bo‘limiga “Bodomzor” MFY Mustaqillik qishlog‘ida yashovchi M.X, “Rovot” MFY Ziyokor ko‘chasida yashovchi N.F, “Quyi Beshkent” MFY Quyi Beshkent qishlog‘ida yashovchi Sh.Shlar “Beshkent paxta tozalash” aksionerlik jamiyatidan 2010-2020 yil yakunlari bo‘yicha aksiyalari hisoblanmay qolganligi hamda divident pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaatlar bo‘lim tomonidan o‘rganilib, “Beshkent paxta tozalash” aksionerlik jamiyatidan aksiyadorlar M.X, N.F va Sh.Shlar foydasiga 2 140 944 so‘m divident pullari  2022-yilning 11-fevral kuni bank orqali plastik kartalariga o‘tkazib berildi hamda qarzdorlik bartaraf etildi.