Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Buyuk siymolar hamisha ardog‘imizda


So‘z mulkining sultoni, o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyning hamda olim, shoh, sarkarda va buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari munosabati bilan adliya bo‘limlari tomonidan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Xususan, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 10-sonli,  Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 21-sonli, Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan  buyuk shaxslarning hayoti va ijodi, yetuk salohiyati, yozgan asarlari haqida ma’lumotlar berildi shuningdek, o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodidan namunalar o‘qib eshittirildi.