Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kontrafaktsiz oy tadbiri


Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi, hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan «Kontrafaktsiz oy» oyligi doirasida brifing tadbiri tashkil etildi.

Brifingda viloyat Bojxona, Soliq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda joriy yilning 15 fevraldan 15 martga qadar “Kontrafaktsiz oy” oyligi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, xususan ushbu sohada aholi va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda intellektual mulk ob’ektlariga hurmat hissini shakllantirish maqsadida kontrafakt mahsulotlarni sotish va o‘zganinng hizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga hilof ravishda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, kontrafakt mahsulotlarning inson sog‘ligiga zarari va respublikamizning investitsion salohiyatiga salbiy ta’siri, tadbirkorlar tomonidan o‘z brendlariga ega bo‘lishning afzalliklari tushuntirildi.

Brifing qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.