Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirilmoqda


Joriy yilning 12-14 fevral kunlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ul vakillari, viloyat Davlat xizmatlari markazlari, MFY raislari va hokim yordamchilari ishtirokida barcha tumanlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida qabul qilingan qonun hujjatlarini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–20-son va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarorlari mazmun-mohiyati, ya’ni dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovlarni o‘tkazish tartibi, elektron raqamli imzo olish masalalari sodda va xalqchil tilda tushuntirib berildi.
Xususan, adliya hamda Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan sayyor qabullar natijasida dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovlarda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarga mahallalarning o‘zida elektron raqamli imzo olib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.