Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

ADLIYA ORGANLARI – ISLOHOTLAR SILSILASIDA


Bu yil Mustaqil O‘zbekiston Adliyasi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  O‘rol Ostanov bilan suhbatimiz ham  tizimning mamlakatimiz rivojida tutgan o‘rni, bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qolaversa, viloyat adliya boshqarmasi faoliyati xususida kechdi.

—  O‘rol Suyunovich, suhbatimiz avvalida mamlakatimizda adliya organlari tashkil etilishi, qolaversa,  tarixi haqida ma’lumot berib o‘tsangiz.

—  Albatta. Yurtimizda adliya organlarining faoliyat boshlaganiga salkam bir asr to‘lmoqda. Ya’ni, ilk bor mamlakatimizda 1924 yilning 26 noyabrida Turkiston avtonom respublikasi Adliya xalq komissarligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Adliya xalq komissarligi tashkil etilgan.

Shundan so‘ng, to mustaqillik yillariga qadar mazkur tuzilmaning nomi ham, tashkiliy-huquqiy shakli ham bir necha marotaba o‘zgargan. Yillar davomida takomillashib, faoliyat ko‘lami kengayib borgan. Mustaqillikdan keyingi yillar esa bu – alohida tarix.

— O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin adliya sohasida aynan qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

—       O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so‘ng Birinchi Prezidentimizning 1992 yil 8 yanvardagi tegishli farmoni bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solingan. Ya’ni, O‘zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirildi va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Qashqadaryo viloyat hokimligi adliya boshqarmasi deb yuritila boshlangan.

Shu bilan bir qatorda, sohada bosqichma-bosqich tarzda tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Natijada, adliya organlarining faoliyati ham yanada takomillashib, mamlakat hayotidagi o‘rni va mavqei ortib bormoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli qarori bilan Adliya vazirligining yangi Nizomi tasdiqlandi va hududiy adliya boshqarmalari ham Adliya vazirligi tizimiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 iyundagi PQ-1555-sonli qaroriga asosan Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasiga aylantirildi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, 2011 yil 23 avgustdagi Prezident qarori bilan Adliya vazirligining yangi Nizomi tasdiqlandi.


— So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shu asosda, viloyat adliya boshqarmasining funksiyalari ham bir necha marotaba oshib ketdi. Bu borada ham ma’lumot berib o‘tsangiz.

—  Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 dekabrdagi tegishli Farmoni bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi negizida Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tashkil etildi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoniga muvofiq davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil etilishi belgilandi va 2020 yilning 1 maydan boshqarma tarkibidagi jami 48 ta davlat notarial idoralari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar sifatida qayta tashkil etildi.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 oktyabrdan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Albatta, boshqarmaning funksiyalari oshib borgani sari, boshqarma markaziy apparat tarkibiy tuzilmasi ham kengayib bormoqda. Bugungi kunda boshqarmamizda quyidagi bo‘limlar faoliyat yuritmoqda:

* Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi;

* Kadrlar bo‘limi;

* Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi;

* Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi;

* Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi;

* Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi;

* Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi;

* Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi;

* Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi;

* Moliya-iqtisod bo‘limi.

O‘ylaymanki, mana shuning o‘ziyoq faoliyatimizning qanchalik keng qamrovli ekanligini ko‘rsatadi.

—       Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.

Nasiba IBRAGIMOVA suhbatlashdi