Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Korrupsiya-jamiyat kushandasi


Joriy yilning 11 fevral kuni Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 3-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida “Korrupsiya-jamiyat kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda koloniyaning shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etib, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-729-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6257-son hamda  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.