Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida


Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan edi. Shu munosabati bilan xotin-qizlarning muammolari o‘rganib, ularning huquqlarini tushuntirish bo‘yicha tuman (shahar) adliya bo‘limlari mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-fevral kuni Kasbi tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, ichki ishlar bo‘limi va hokim yordamchisi bilan hamkorlikda tumanning “Xo‘ja Kasbi” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid qonun-hujjatlardagi imtiyozlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi, 15 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlariga joyida tushuntirish berildi va 2 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga olindi.