Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda


Joriy yilning 10 fevral kuni Qamashi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Xalq ta’limi bo‘limida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida tadbir tashkil etilib, unda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, hokimi o‘rinbosari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga  Xalq ta’limi sohasiga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarga oid yangiliklar, mehnat qonunchiligi, O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’RQ–419-on Qonuni mazmun-mohiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berildi.
Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligida ko‘p uchraydigan muammolar va bu muammolarni huquqiy yechimlari haqida tushuntirish berildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan muammoli masalalar bo‘yicha berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.