Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

9-fevral – Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni


So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Yuridik texnikumi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma xodimlari, yuridik texnikumi talabalari  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi, viloyat bolalar kutubxonasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan  Alisher Navoiy nafaqat ijodi, yetuk salohiyati, halol huquqshunos va qonun ijodkori sifatida ham faoliyat yuritganligi, shuningdek, Alisher Navoiy adolat tuyg‘usini har bir inson, har qaysi xalq va millat intilib yashaydigan oliy mezon darajasiga ko‘targan hamda odamzodni hayotda adolatni qaror toptirishga, uni asrab-avaylashga chorlab o‘tganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Yuridik texnikumi o‘quvchilari tomonidan Navoiy ijodidan namunalar o‘qib eshittirildi va viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qisqa metrajli videofilm namoyish etildi.