Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Inson qadri hamma narsadan ustun...


Davlat rahbarining qat’iy siyosiy irodasi sabab so‘nggi besh yillikda amalga oshirilgan islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Mazkur islohotlarning uzviy davomi sifatida Yangi O‘zbekistonni yanada taraqqiy ettirish uchun 398 band va 100 ta ulug‘vor maqsadni ro‘yobga chiqarish ko‘zda tutilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi.
Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 204 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda 207 ta boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi.
Davlat dasturida belgilangan maqsadlar e’tibor qaritilsa, ularning barchasi bitta asosiy maqsadga, ya’ni inson qadrini ulug‘lash, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Misol uchun, Farmonning 15-bandida taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022 yilda - ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etish vazifasi yuklatilgan.
Statistik ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida 2021 yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 4114 ta jinoyat ishlari doirasida 1 mlrd 081 mln so‘mdan ortiq advokatlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat hisobidan to‘lab berilgan.
Davlat dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 2022 yilda nafaqat jinoyat ishlari, balki fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etilishi inson qadri, uning manfaati hamisha yuqori o‘rinda turishi kerak degan xalqparvar g‘oyaning uzviy davom desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xulosa o‘rnida yurtimizda har bir sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar avvalo inson uchun yaratilayotgan qulayliklarning yorqin ifodasidir.

A.Isoqov
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari