Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Vakolatga zid ravishda chiqarilgan farmoyish...


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  G’uzor tumani, “Navro‘z” MFY, 30-uyda yashovchi fuqaro Sh. Jabborovning tezlikni ta’qiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatilganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
O‘rganish natijasida, G’uzor tumani hokimining 2019-yil 10-apreldagi
38-F-son Farmoyishiga asosan M-39 “Toshkent-Termiz”, A-380 “Qarshi-G’uzor”, A-378 “Samarqand-G’uzor” hamda tuman ichki yo‘llarida yo‘l belgilari o‘rnatilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 78-bandiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish bo‘laklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatib) vakolatlidir.
Shunga ko‘ra, boshqarma tomonidan G’uzor tuman hokimligiga 38-F-son farmoyishini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi va natijada farmoyishning 2-qismining 6 ta kichik xatboshilari bekor qilindi.