Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladigan bo‘ldi


Yakkabog‘ tumanidagi 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bir guruh xodimlarining bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
Mazkur arizaga asosan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman bo‘limiga maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha xat kiritilganda, bo‘lim tomonidan xodimlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Ushbu holat yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman bo‘limining xatti-harakatini g‘ayriqonuniy deb topib, Yakkabog‘ tumanidagi 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlarini bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat arizasi kiritildi.
Sud tomonidan chiqarilgan yakuniy qarorga ko‘ra, shikoyat arizasi qanoatlantirildi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman bo‘limiga tashkilotning 42 nafar xodimlarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiyati yuklatildi.