Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

NISHON TUMAN ADLIYA: 2021 YIL SARHISOBI

Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 361 ta murojaatlarning 346 tasi hal etilib, shundan 288 tasi yoki 79,7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 79,7 foiz) qanoatlantirilgan, 58 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 13 ta murojaat qoldiqda qolgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, 10 tasiga ham rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 14 ta taqdimnoma kiritilib, 29 ta qaror va farmoyishlar bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 19 ta o‘rganish va 66 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 338 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 7 038 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 111 ta taqdimnoma, 56 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 182 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 26 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 1 mlrd. 051 mln. 157,8 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 38 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 112 ta
645 162 226 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 111 ta da’vo arizalar qanatlantirilib, 515 644 391 so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 846 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 076 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 652 tasi og‘zaki, 118 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 361 ta murojaatlarning 346 tasi hal etilib, shundan 288 tasi yoki 79,7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 79,7 foiz) qanoatlantirilgan, 58 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 13 ta murojaat qoldiqda qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 36 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 900 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 100 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 12 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 29 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 19 ta o‘rganishlar va 66 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 338 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 7 038 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 461 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 111 ta taqdimnoma, 182 ta ogohnoma va 56 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 112 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 26 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan 29 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan, 1 mlrd. 051 mln. 157,8 ming so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 38 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 112 ta 645 162 226 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan va 111 ta 515 644 391 so‘m pul mablag‘larini undirishlishi belgilangan.