Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

To‘g‘ridan-to‘g‘ri radio efirida....


Joriy yilning 31 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshligi D.Xudoyqulov, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Sattarova, Qarshi shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti S.Muqimovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Qaror va ijro” eshittirishining to‘g‘ridan to‘g‘ri efiri orqali qabul qilingan qonun-hujjatlarin mazmun mohiyatini tushuntirdi.
Xususan, eshittirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil  26-yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–103-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–58-son  Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  mazmun-mohiyati tushuntirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali fuqarolardan kelib tushgan savollarga  mutahasislar tomonidan javoblar berildi.