Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Aksiya doirasida fuqarolarning murojaatlari qanotlantirilmoqda


E’lon qilganimizdek, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan aholining tibbiy-huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘ligini tiklash masalalari bo‘yicha aksiya Qamashi tumanida ham tashkil etildi.

Jumalan, joriy yilning 27 yanvar kuni tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi,Tibbiyot birlashmasi, TKTMP, “Chim” oilaviy poleklinikasi xodimlari va boshqa tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda “Chim” MFYda sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.

“El sog‘ligi-yurt boyligi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq muammolari o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda muammolarini bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi va 10 nafar fuqaroning arizalari tuman adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.