Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mirishkor tuman adliya bo‘limining 2021 yil sarhisobi


Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 340 ta murojaatlarning 333 tasi hal etilib, shundan 269 tasi yoki 79,1 foizi qanoatlantirilgan, 64 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan va 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
11 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 16 ta taqdimnoma kiritilgan.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 19 ta o‘rganish va
60 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 185 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 10 160 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 123 ta taqdimnoma, 32 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 504 ta ogohnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra
37 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 502 mln. 043 ming 770 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 32 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga
62 ta 238 mln 623 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan to‘liq qanoatlantirilgan.

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1962 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1476 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 361 tasi og‘zaki, 125 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.