Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

CHIROQCHI TUMAN ADLIYA: 2021 YIL SARHISOBI


Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 427 ta murojaatlarning 401 tasi hal etilib, shundan 356 tasi yoki
83,3 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 88,7 foiz) qanoatlantirilgan,
45 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 20 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 5 ta murojaat kurilmasdan qoldiridi, 1 ta murojaat qoldiqda qolgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 9 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 13 ta taqdimnoma kiritilib, 24 ta qaror va farmoyishlar bekor qilingan va qonunga muvofiqlashtirilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 64 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 169 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 4797 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 140 ta taqdimnoma, taqdimnomalarga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat organlari va tashkilotlarining 25 ta noqonuniy hujjatlari bekor qilingan,
38 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan, 3 nafar shaxslar bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
42 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 357 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 38 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (3 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 2 069 785 550 (ikki milliard oltmish to‘qqiz million yetti yuz sakson besh ming besh yuz ellik) so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 42 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 85 ta
3 486 601 099 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, 81 tasi 3 486 601 100 so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan, 4 ta da’vo arizalari qoldiqda qolgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 252 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 662 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 556 tasi og‘zaki, 34 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan, 575 tasi manzilli targ‘ibot va 288 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.