Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar...


Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, sifatli davlat xizmati ko‘rsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 681 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlandi.

Bo‘limga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 360 ta murojaati o‘rganilib, ularning ijrosi ta’minlandi. Shundan 41 ta murojaat qanoatlantirilib, qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 56 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 31 ta xizmat tekshiruvi o‘z tasdig‘ini topgan.

Xizmat tekshiruvi o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining tegishli qarorlari ko‘ra viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan viloyatdagi 30 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar litsenziyalarining amal qilishi 15 kundan 4 oy muddatga to‘xtatilgan bo‘lsa, 4 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasini amal qilishini tugatish to‘g‘risida Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritildi va sudning tegishli hal qiluv qarorlariga hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, ushbu 4 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasini amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida notarial idoralarda 56 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 6 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar litsenziyalarining amal qilishi 15 kundan 2 oy muddatga to‘xtatilgan bo‘lsa, 4 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasini amal qilishini tugatish to‘g‘risida Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritildi va sudning tegishli hal qiluv qarorlariga hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, ushbu 4 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasini amal qilishi va notarius maqomi tugatildi va notariuslar tomonidan kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Huquqiy targ‘ibot sohasida 2021 yil davomida bo‘lim tomonidan 30 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, shundan 6 tasi televideniya, 2 tasi radio, 6 tasi gazeta, 16 tasi Veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 17 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirilib, ushbu targ‘ibot tadbirlarida 438 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida bo‘layotgan islohotlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022 yil
1 yanvar kuniga qadar jami 364 ta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan bo‘lib, shundan 2022 yil
1 yanvar kuniga qadar jami litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni
231 tani, litsenziya olib ishlamayotgan advokatlar soni 6 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni 19 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 108 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2021 yil davomida berilgan litsenziyalar soni 42 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 9 tani tashkil qiladi.

2022 yil 1 yanvar holatida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 116 tani, shundan advokatlik byurolari 96 tani, advokatlik firmalari
16 tani hamda advokatlar hay’atlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining ish rejalariga asosan 2021 yil davomida jami 19 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar o‘tkazilib, jami aniqlangan kamchiliklar soni 38 tani hamda qonunbuzilishlar soni 38 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 19 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022 yil 1 yanvar kuniga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 36 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘qitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga ko‘maklashildi.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2021 yil davomida jami 10 ta yig‘ilish o‘tkazilib, unda jami 148 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan 148 ta masaladan
10 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 129 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik maslasini ko‘rib chiqish hamda 9 tasi advokat qasamyodini qabul qilish bo‘yicha muhokama qilingan.

Malaka komissiyasining 2021 yil davomida o‘tkazilgan yig‘ilish muhokamalar natijasida jami 17 ta advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, shundan 14 tasi ogohlantirish, 3 tasi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish bilan bog‘liq intizomiy jazo choralariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, 2021 yil davomida talabgorlarga berilgan 38 ta litsenziyalar uchun jami 5 006 000 so‘m davlat boji, 38 ta arizani ko‘rib chiqish uchun jami 2 503 000 so‘m to‘lovlar undirilgan.

        

      Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat

                                                  tomonidan tartibga solish bo‘limi