Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

MUBORAK TUMAN ADLIYA: 2021 YIL SARHISOBI.


Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 249 ta murojaatning 246 tasi hal etilib, shundan 202 tasi qanoatlantirilgan, 44 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,
2 ta tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 1 ta ijroda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
7 tasi ( 6 tasi hokimlik qaror loyihalari, 1 tasi tuman Xalq deputatlari kengashi qaror loyihasi)ga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 11 ta taqdimnoma kiritilib,             
4 ta normativ-huquqiy qaror, 24 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlarning bandlari bekor qilindi.

 

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami
18 ta o‘rganishlar va 55 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 240 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 3783 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 490 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 116 ta taqdimnoma, 206 ta ogohnoma va 69 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 99 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 23 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 28 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilingan, 767.114.692 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 69 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
99 ta 292.578.892 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, barchasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 1273 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 977 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 237 tasi og‘zaki, 59 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot,
237 tasi manzilli targ‘ibot va 126 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

 

 

Muborak tuman adliya bo‘limi boshlig‘i                          H.Achilov