Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar


Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 399 ta murojaatning 394 tasi hal etilib, shundan 262 tasi yoki 65 foizi qanoatlantirildi, 132 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida tumandagi davlat tashkilotlari bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlarning barchasini qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari adliya bo‘limining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 520 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 91 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 8 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yilning 1-yarim yilligi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 5 ta taqdimnoma kiritildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 78 ta takliflar berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 19 ta o‘rganish va 58 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 158 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida
6726 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 634 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 136 ta taqdimnoma, 42 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 456 ta ogohnoma hamda 74 ta da’vo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 45 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 4 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 600 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berilgan.

Bundan tashqari kirtilgan 74 ta da’vo arizalarning, 72 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 ta da’vo arizasi sudning ish yurituvida bo‘lib turibdi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 1575 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 990 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 559 tasi og‘zaki, 26 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 516 tasi manzilli targ‘ibot va 287 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi boshlig‘i