Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA: 2021 YIL SARHISOBI.


Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 441 ta murojaatning 430 tasi hal etilib, shundan 339 tasi yoki 78,7 foizi qanoatlantirilgan, 91 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 48 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 965 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 147 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
10 tasi (8 tasi hokimlik qaror loyihalari va 2 tasi Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 24 ta qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 11 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida barcha 24 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 18 ta o‘rganishlar va 66 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 264 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 4995 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 638 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 136 ta taqdimnoma, 397 ta ogohnoma va 47 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 58 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 48 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 4 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 24 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 2 328 545 975 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 46 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
58 ta 131 004 291 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan 58 ta 131 004 291 sud buyrug‘i sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 1516 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 985 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 475 tasi og‘zaki, 56 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.