Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Kitob tuman adliya bo‘limining 2021 yil davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 530 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 399 ta yoki 75,3 foizi qanoatlantirilgan, 131 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 73 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O’tkazilgan   sayyor    qabullar

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 49 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 917 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 127 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 87 tasi qanoatlantirilgan va 40 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
10 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 10 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta normativ-huquqiy, 3 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlar va bandlari bekor qilindi.

     O’tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 50 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 235 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 6852 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 144 ta taqdimnoma, 535 ta ogohnoma, 56 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

                         Natijada

- 64 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 396 282 869 so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 8 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 56 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 110 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 398 871 600 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yil  davomida jami 1474 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1063 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 365 tasi og‘zaki, 46 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 46 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kitob tuman adliya
bo‘limi  boshlig‘i                             R.Muhammadiyev