Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.


Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 345 (208) ta murojaatning 264 (208) tasi hal etilib, shundan 225 (206) tasi yoki 65.6 foizi qanoatlantirilgan, 39(4) tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Masalan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Qiziltepa" MFY da yashovchi fuqaro Sh.Ravshanovning oktabr-dekabr oylarida to‘lanmagan ish haqi va ustama pullarini o‘z vaqtida to‘lab berilmayotganligi haqidagi murojaati o‘rganilib, fuqaro Sh.Ravshanovga adliya bo‘limining aralashuvi bilan 2 mln. 973 ming 754-so‘mlik ish haqi va ustama pullari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

Yoki, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga tuman MFY rais va o‘rinbosarlarining 33 nafarining manfaatlarini ko‘zlab, 134 mln. 055 ming 231 so‘mlik 30 foiz ustama pullarini undirish to‘g‘risida da’vo arizalari kiritilib, mazkur arizalar 22.12.2021 yilda FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, to‘liq qanoatlantirildi.

Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 12 oyi davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi barcha MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 202 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 201 ta murojaatlar hal etilgan va 184 ta murojaat qanoatlantirilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 (7) ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 5(3) ta taqdimnoma kiritildi va               31(29) ta qarorlarning tegishli bandlari qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘limi tomonidan 2021 yilning 12 oyi davomida jami 280(279) ta tashkilotlarda 18(8)ta o‘rganishlar va 63(75) ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida 7437(11035) ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 158 (89) ta taqdimnoma, 66(31) ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 410(204) ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 48(21) nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib,
1 mlr. 549 mln. (880 mln 300 ming) so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Jumladan, adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 12 oyida kiritilgan taqdimnomalarga asosan jami 1 mlrd 549 mln (880 mln 300 ming) so‘mlik ish haqi va boshqa mablag‘lar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Masalan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan monitoringda, tumandagi kasb-hunarga o‘qitilgan 338 nafar fuqarolarga 389.513.300 so‘mlik tipendich pullari to‘lab berilmaganligi aniqlangan. Tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan 338 nafar fuqaroga to‘lanmagan stipendiya pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 66 (31) nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 98 (44) ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, 98(44) tasi qanoatlantirildi va 379 mln. 225 mln 528 ming so‘m tegishli fuqarolarga undirib berildi.

Xususan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga tuman MFY rais va o‘rinbosarlarining 33 nafarining manfaatlarini ko‘zlab, 134 mln. 055 ming 231 so‘mlik 30 foiz ustama pullarini undirish to‘g‘risida da’vo arizalari kiritilib, mazkur arizalar 22.12.2021 yilda FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, to‘liq qanoatlantirildi.

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1440(886) ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 962(461) tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 374(333) tasi og‘zaki, 104 (92) ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Misol uchun, Qamashi tuman DSIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4913 qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari tomonidan 2021 yil 26 martda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi, so‘ng soha vakillari tadbir ishtirokchilardan tushgan savollarga batafsil javob berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Shu bilan birga, Viloyatning "Yurt tarovati" gazetasida 30.11.2021 yilda Qamashi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Kaxxarovning "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar qanday xususiylashtiriladi?" savol-javob ruknidagi, bo‘lim bosh maslahatchi K.Arolovning "Korrupsiya jamiyat kushandasi " mavzularida maqolalar chop etildi.

Maqolalarda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar qanday tartibda xususiylashtirilishi, korrupsiya tushunchasi, jazo turlari va oqibatlari yoritildi.

Qabul qilinayotgan qonunlar va boshka normativ-huquqiy hujjatlarni har bir tumandagi ijrochilarga yetib borishini ta’minlash bo‘yicha tuman adliya bo‘limining elektron pochtalariga yuborilgan 1215(1201) qonun hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ijrochilarga rеestr va Yexat orkali yuborilishi ta’minlangan.

 

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha

        

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 12 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 90(110) ta takliflar berildi.

 

Qamashi tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                         Sh.Kaxxarov