Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlari.


Viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari jrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan bo‘limga joriy yilning o‘tgan davri davomida 409 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 244 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib hal etildi, 158 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarga yuborildi, ko‘rib chiqilib hal etilgan murojaatlarning 133 tasi qanoatlantirildi.

Kelib tushgan 49 ta murojaatlarni o‘rganishda mutaxassislar jalb etilgan bo‘lsa, 5 ta murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Bo‘lim tomonidan shu davr mobaynida 13 ta sohada o‘rganish hamda 6 ta qonun hujjatining ijrosi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.  

O’rganish va monitoring natijalari bo‘yicha jami 3 306 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 847 ta sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarida, 729 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralarda, 297 ta ta’lim muassasalarida, 48 ta kommunal xizmat ko‘rsatish idoralarida, 39 ta soliq organlarida, 18 ta kadastr organlarida, 8 ta qurilish va arxitektura idoralarida, 5 ta bandlik va mehnat munosabatlari idoralarida, 4 ta moliya va ijtimoiy ta’minot idoralarida hamda 1 311 tasi boshqa tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O’rganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 93 ta taqdimnomalar, 22 ta ma’muriy takliflar, 52 ta ogohnomalar kiritilgan bo‘lsa, sudlarga fuqarolar va tadbirkorlar manfaatida 74 ta
11 mlrd. 201 mln so‘mlik da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 86 nafar shaxslar intizomiy, 20 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, taqdimnomalarga asosan 203 mln so‘m mablag‘lar qonuniy egalariga qaytarilgan hamda 115 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan va 1 tasining ijrosi to‘xtatilgan.

Sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining 67 tasi ko‘rib chiqilib, sudlarning hal qiluv qarorlarida da’vogarlar foydasiga 9 mlrd. 887,1 mln so‘m undirish belgilangan.

Bo‘lim tomonidan tashkilotlar faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 95 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 8 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularda qariyib 4 400 nafar respondentlar ishtirok etdi.

Bo‘lim tomonidan jami 167 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 67 marta OAV orqali (8 ta televideniya,
9 ta radio, 17 ta gazeta va 33 ta veb-sayt orqali), 99 marotaba og‘zaki hamda
1 marotaba ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.

 

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni

qo‘llash amaliyotini o‘rganish

bo‘limi