Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

G’uzor tuman adliya bo‘limining 2021 yil davomida amalga oshirgan ish faoliyati yuzasidan


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda G’uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yildavomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 383 ta (o‘tgan yildan 3 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) murojaatlarning 368 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 96 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 292 tasi yoki 79,3 foizi (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan 76,2 foizi) qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 76 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 11 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 7 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, (55 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan hamda 2 ta murojaat bo‘yicha mutaxassis jalb etilgan).

 

O’tkazilgan   sayyor    qabullar

 

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 51 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 2654 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 82 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 54 tasi qanoatlantirilgan va 21 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 4 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 murojaat keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
7 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 11 ta taqdimnoma kiritilib, 18 ta qaror va farmoyishlar bekor qilindi.

 

     O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 59 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 190 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 7670 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 145 ta taqdimnoma, 304 ta ogohnoma 36 ta ma’muriy bayonnoma, 19 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.

 

                                      Natijada

 

- 52 nafar shaxs intizomiy (shundan 5 nafari egallab turgan davozimidan ozod qilingan) va 1 869 924 333 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 18 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

 

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 55 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 166 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 487 964 900 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yil davomida jami 1418 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 750 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 595 tasi og‘zaki, 73 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 595 tasi manzilli targ‘ibot va 85 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

G’uzor tuman adliya

bo‘limiboshlig‘i                                                                      M.Q. Salimov