Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

KASBI TUMAN ADLIYA: 2021 YIL SARHISOBI


Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 357 ta murojaatlarning 348 tasi hal etilib, shundan 291 tasi yoki
81,5 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 83,6 foiz) qanoatlantirilgan,
57 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaat qoldiqda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 11 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 11 ta taqdimnoma kiritilib, 5 ta qaror bekor qilingan va 1 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 78 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 300 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 16 803 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 139 ta taqdimnoma, 49 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 398 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 64 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (4 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 1 mlrd. 208 mln. 803,4 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 49 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 184 ta
598,8 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 2 055 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 301 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 575 tasi og‘zaki, 179 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 357 ta murojaatlarning 348 tasi hal etilib, shundan 291 tasi yoki
81,5 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 83,6 foiz) qanoatlantirilgan,
57 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaat qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 42 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 885 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 87 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 11 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 6 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 18 ta o‘rganishlar va 78 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 300 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 16 803 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 770 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 139 ta taqdimnoma, 398 ta ogohnoma va 49 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 184 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 64 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (4 nafari lavozimidan ozod qilingan), 6 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan, 1 mlrd.
208 mln. 803,4 ming so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 49 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 184 ta 598,8 mln. so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan va barchasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida jami 2 055 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 301 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 575 tasi og‘zaki, 179 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 575 tasi manzilli targ‘ibot va 288 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.