Янгиликлар
14
“Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omili”
Joriy yilning 14 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omili” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, davlat boshqaruvi idoralari, NNT, OAV va boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilganining
30 yilligi munosabati bilan adliya tizimining tashkil topishi, tarixi va bugungi kuni haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan
2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.