Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

E’tibor, e’tirof, rag‘bat


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda adliya organlari tizimida ko‘p yillar faoliyat yuritgan, sohaning rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shgan fidoiy, jonkuyar  faxriylar, ustozlar va bugungi kunda tizimda faoliyat yuritib kelayotgan soha xodimlari hamda mehmonlar ishtirok etishdi.

Adliya boshqarmasi boshlig‘i U.Ostonov faxriy ustozlar hamda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilganining 30 yilligi bilan vazirlik rahbariyati va adliya boshqarmasi jamoasi nomidan tabrikladi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan 1969 yildan bugungi kunga qadar adliya boshqarmasida rahbar lavozimlarida ishlagan ustozlar haqida iliq ma’lumotlar berdi va ko‘p yillik samarali hamda fidokorona mehnatlari uchun adliya, davlat xizmatlar boshqarmalari, notariat, FHDYo, advokatura, X.Suloymonova nomidagi RSEMning Qashqadaryo viloyati bo‘limi bir guruh xodimlari va faxriylarga “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida faxriylar tomonidan adliya tarixi va bugungi kun taraqqiyoti haqida iliq ma’lumotlar va bayram tabriklari bildirildi.

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi 

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi